Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutining joriy yildagi bitruvchisi Akmal Mamatqulov Vengriya hukumati va FAO (BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti) ning magistraturada tahsil olish grantini qo’lga kiritdi.

    Akmal keyingi ikki yillik magistratura ta’limini Vengriyaning Qishloq xo’jalik va hayot fanlari universitetida “Bog`dorchilik muhandisligi” mutaxassisligi bo’yicha davom ettiradi. Ushbu nufuzli dastur jahondagi 50 ga yaqin davlatlardan eng iqtidorli va bilimli talabalarga grantlar ajratadi. 

    Akmal Mamatqulov chet tili bo’yicha B2 xalqaro sertifikatiga ega.

    Ma’lumot uchun: Vengriyaning Qishloq xo’jalik va hayot fanlari universiteti qishloq xo’jaligi fanlari bo’yicha dunyoda 151-o’rinda, Yevropa unversitetlari ichida esa top 50 talik universitetlar qatoriga kiradi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.