Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi dotsenti Fazilat Kuchkarova boshchiligidagi filologiya hamda psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti tadqiqotchilari va talabalari xalqaro yozgi maktab doirasida Turkiyaning Istanbul shahrida bo'lib turibdi. 

    Turkiya Republikasi Milliy ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Turkiyadan yetti qit’aga mamlakatlararo yozgi maktab” da tadqiqotchi va talabalar turk, ingliz va sharq tillari bo’yicha bilimlarini oshirmoqda. Shuningdek, Turkiyaning bir qator kutubxonalarida bo’lib, shaharning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilmoqda.

    Turkiya Milliy ta’lim vaziri o’rinbosari Nasif Yilmaz xalqaro yozgi maktab ishtirokchilari bilan uchrashdi. Muloqotda universitetimiz vakillari ta’lim sohasidagi hamkorlikning ahamiyati haqida o’z fikrlarini bildirdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.