Samarqand davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda
Samarqand davlat universitetida grafika: hattotlik va miniatyura, xoreografiya: (zamonaviy raqs) yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkazilmoqda.
Imtihonda abituriyentlar ikki bosqichda o’z bilimlarini sinab ko’rishmoqda.
Imtihonlarning adolatli va shaffof tarzda o’tkazilishini ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va jamoatchilik vakillari jalb etilgan.
Ota-onalar uchun alohida xonalar tashkil etilib, jarayonlarni to'g'ridan-to'g'ri kuzatish uchun imkoniyat yaratilgan.
Imtihonlarning komissiya a’zolari Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining malakali mutaxassislaridan iborat.
Ma’lumot uchun, imtihon natijalari bugun samdu.uz sayti orqali e’lon qilinadi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.