Samarqandda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi...
Mazkur kurslar Samarqand davlat universiteti Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali, viloyat hokimligi hamkorlikda o’tkazildi.
Kurs davomida nomzodlarga Samarqand tarixi, islom madaniyatining rivojlanishi, Amir Temur va Temuriylar davri, XVI-XIX asrlarda Samarqandning ijtimoiy-madaniy hayoti, jadidchilik faoliyati, sharq iqtisodiy boshqaruv tafakkuri haqida ma'ruzalar qilindi. Shuningdek, Samarqandning noyob meʼmoriy-tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari, viloyatning XXI asr dunyo siyosiy jarayonlardagi o‘rni kabi dolzarb mavzular yuzasidan professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari tomonidan taqdimotlar orqali batafsil yoritildi.
Ishtirokchilardan kurs boshida kirish va yakuni bilan chiqish test sinovlari olinadi va sertifikatlar topshiriladi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.