Samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetida “Qishloq xo’jaligida axborot texnologiyalari” mavzusida xalqaro yozgi maktab faoliyatini boshladi.

    Mazkur maktabda Rossiya hamda Xitoy davlatlaridan 40 ga yaqin proffesor-o’qituvchi va talabalar qatnashmoqda.

    Darslarda Tomsk va Shimoliy Kavkaz Federal universiteti professorlari Yevgeniy Borzenko, Mixail Babenko va Sian Shimoliy-G’arbiy Poletexnika universiteti olimlari Peng Sun, Xue Wang va Xinge Shaolar ma’ruzalar qilmoqda.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.