Samarqand davlat universiteti Qirg'iziston davlat texnika universtiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi…

    Hamkorlik memorandumini SamDU o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori Ahmadjon Soliyev va Qirg'iziston davlat texnika  universtiteti rektori Mirlan Chinibayevlar  imzoladi.

    Hamkorlik shartnomasida tomonlar oʻrtasida aloqalarni yo‘lga qoʻyish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, stajirovka o‘tash belgilangan. Shuningdek, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish, muhandislik, raqamlashtirish va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash masalalari rejalashtirilgan. 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.