O‘zbekiston-Qirg‘iziston rektorlarining II forumi doirasida Qirg’iziston Respublikasining 30 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rahbarlari Samarqand davlat universitetida bo’lishdi.

    Tashrif davomida SamDU Biokimyo instituti kampusini ko’zdan kechirdi. Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar nomidagi laboratoriya, ma’ruzalar zali, oranjeriya bilan tanishib, universitet faoliyatiga yuqori baho berishdi.

    Shuningdek, zoologiya muzeyi va oranjeriyadagi noyob eksponat hamda o’simliklarga katta qiziqish bildirishdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.