Samarqand davlat universitetida viloyatdagi oliy ta'lim muassasalarining mutaxassislar tayyorlash va ilmiy-tadqiqotlar o'tkazishda ish beruvchilar bilan hamkorligini takomillashtirish va kengaytirish masalalari muhokama qilindi…
Tadbirda Samarqand viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi Nozir Ibragimov, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Husan To’xtayev hamda viloyatdagi OTM mutassaddilari ishtirok etdi.
Yig’ilishda Oliy ta'lim muassasalarining "Oliy toifali mutaxassislar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tijoratlashtirishda ish beruvchilar bilan hamkorlik" masalalari yuzasidan taqdimoti tinglandi.
Shuningdek, joriy yilning 30-may kuni viloyat hokimi huzurida o'tkazilgan taqdimotda ishtirok etgan oliy ta'lim muassasalari talabalarining startap loyihalari ijro holati muhokama qilindi.
Yoshlar texnoparkida tashkil etilgan "InnoX" biznes-inkubator va akselerator dasturiga startapchi yoshlarni jalb qilish bo’yicha fikr-mulohazalar eshitildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.