Samarqand davlat universiteting intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetida “Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari” mavzusida xalqaro yozgi maktab o‘z faoliyatini yakunladi.

    Xalqaro yozgi maktab darslarining birinchi haftaligida “Zamonaviy mikrokontroller” va “Kompyuterli nigoh” yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza va amliy mashg‘ulotlar olib borildi.

    Ikkinchi haftaligida esa laboratoriya mashg’ulotlari o‘tkazildi. Unda professor Yevgeniy Borzenko boshchiligidagi talabalar tomonidan aqlli issiqxonalarni nazorat qilishda havo haroratini va namligini aniqlash hamda yoritilganlik darajasini aniqlovchi qurilma loyihalashtirildi.

    Mazkur qurilmadan olingan natijalarni aks ettirish uchun veb sahifa ishlab chiqildi. Xalqaro yozgi maktab yakunida talabalar va professor- o’qituvchilarga serifikatlar hamda esdalik sovg’alar topshirildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.