Samarqand davlat universiteti va Sian Jiaotong universiteti hamkorligi davom etmoqda…
Samarqand davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Sian Jiaotong universitetining Davlat siyosati va boshqaruvi maktabi professori Li Jie boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov uchrashdi.
Muloqotda Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti bilan hamkorlikda kambag'allikni qisqartirish borasida qo'shma tadqiqotlar olib borish, institut olimlari va tadqiqotchilarining bu borada Xitoy tajribasi bilan yaqindan tanishish masalalari muhokama qilindi. Tadqiqot natijalarini birgalikda nufuzli ilmiy nashrlarda chop qilish, ikki oliygoh tadqiqotchilarining o'zaro mobilligini qo'llab-quvvatlash rejalashtirildi.
Shuningdek, iqtisodiyot va boshqaruv sohalarida bakalavr hamda magsitratura ta'limi bosqichlarida hamkorlikda kadrlar tayyorlash masalalari kelishildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.