Samarqand davlat universitetida Registrator ofisi tashkil etildi...
Mazkur ofisda talabalariga quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:
• Talabalarga dars jadvali shakllantirish;
• QR kodli diplom shakllantirish:
• Akademik ma’lumotnoma va transkript berish;
• Tizimda ON va YaN nazoratlarini shakllantirish;
• Talaba guvohnomasini yaratish va taqdim etish;
• Talabaga o‘zining GPA ko‘rsatkichi haqida ma’lumot berish;
• Talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga o‘tkazish;
• Talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish;
• Talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish;
• Talabalarga o‘qish joyidan ma’lumotnomalar berish;
• Talabalarga o‘quv varaqalarini olishga ko‘maklashish;
• Talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga o‘tkazish;
• Talabalarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berish;
• Talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga ko‘ra yakuniy nazoratlarda ishtirok etishi haqida ma’lumot berish;
• Talabalarning parolini tiklash;
• O‘qishi ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalarning fanlar farqini aniqlash;
• O‘quv rejadagi fan soatlari haqida ma’lumot berish;
• Akademik mobillik asosida boshqa oliy ta’lim muassasasiga yuborilgan (boshqa oliy ta’lim muassasasidan qabul qilingan) talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish;
• Bitiruvchi kurs talabalari uchun aylanma varaqa yaratish;
• Talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish;
• Bir guruhdan ikkinchi guruhga dekanat hamda rahbariyat tomonidan ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalarni ko‘chirish;
• Talabalarga qayta o‘qish uchun ariza berishga ko‘maklashish.
Mazkur ofis SamDU Ma'ruzalar zali, P-101-xonada joylashgan.