Samarqand davlat universiteti rektori,
    O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi R.I. Xolmurodovga!

    Hurmatli Rustam Ibragimovich!

    Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz. Uzoq umr, sihat-salomatlik, sharafli va mas’uliyatli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

    Bugun Samarqand davlat universitetida Siz rahbarligingizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Eng avvalo, professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyati oshayotganligini, xalqaro hamkorlik aloqalari tobora rivojlanayotganini, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, tobora yuksalayotganligini alohida ta’kidlashni istaymiz. 

    Sizning rahbarligingizda Samarqand davlat universitetining moddiy texnik bazasi butunlay yangilandi. Qurilish va bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda. Universitet professor-o‘qituvchilarining xorijda stajirovka o‘tashi, tajriba almashishi, xalqaro grantlarda ishtirok etishi,  monografiya va maqolalar chop etishi ko‘rsatkichlari mamlakat miqyosida yuqori o‘rinni egallamoqda. 

    Samarqand davlat universitetining ikkita filiali faoliyat ko‘rsatayotganligi, 4 instituti tashkil etilganligi oliy ta’limni xalqqa yaqinlashtirish yo‘lida tashlangan muhim qadamlardir. 

    Qadrli Rustam Ibragimovich!

    Samarqand davlat universitetida Sizning tashabbusingiz bilan ochilgan Kvant markazi, Aziz Sanjar nomidagi zamonaviy analiz usullari, Saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini yaratish, Mexanika kabi laboratoriyalar Markaziy Osiyoda yagonaligi bilan alohida e’tiborga sazovor. 

    Hurmatli Rustam Ibragimovich!

    Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlash yo‘lidagi ishlaringizga omad tilaymiz. Yuzingiz yorug‘, martabangiz ulug‘ bo‘lsin. 

 

    Samarqand davlat universiteti jamoasi.