2024-yil 19-30-avgust kunlari Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi institutida  YUNESKO ning Koinot tadqiqotlari qo‘mitasi (COSPAR - Committee on Space Research) va NASA (AQSH Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi) bilan hamkorlikda “COSPAR Capacity Building Workshop (Kosmik tadqiqotlar qo‘mitasining salohiyatni oshirish)” nomli xalqaro ilmiy seminar bo'lib o'tadi. 

    Nufuzli anjuman dasturi doirasida ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni olib borish uchun dunyoning yetakchi ilmiy markazlaridan professorlar jalb etilgan. Shuningdek,  ilmiy-seminarda tanlov asosida saralab olingan 11 xorijiy davlatdan 20 nafar, respublika OTM va ilmiy tadqoqot markazlaridan hamda Samarqand davlat universitetidan 20 nafar talaba, magistrant, doktorant va yosh tadqiqotchilar qatnashadi. 
    Seminarning asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlar olimlari va yosh tadqiqotchilarining kosmik ma'lumotlardan ilmiy maqsadda foydalanishlari, COSPAR va NASA salohiyatini oshirishda ushbu markaz olimlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib borishlari hamda ilmiy loyihalarda qatnashishlarini rag'batlantirishdan iborat.