“Samarqandim” — yangi jurnal shunday nomlandi
Bugun ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan, odamlar qisqa xabarlarni o‘qishga odatlangan bir paytda yangi jurnal yoki gazetani nashrdan chiqarib, uni jamoatchilikka taqdim etish ham oson ish emas.
Samarqandlik ijodkorlar tomonidan “Samarqandim” nomli jurnalning ilk sonini chop etilishi davlatimiz mustaqilligining 33 yillik bayramiga chinakam sovg‘a bo‘ldi.
Samarqand davlat universiteti muassisligida dunyo yuzini ko‘rgan mazkur jurnaldan nafaqat O‘zbekiston, dunyo tan olgan olimlar, tarixchilarning maqolalari, fikrlari joy olgan.
Jurnalning ilk sonidayoq o‘quvchining Samarqand haqidagi tasavvurlari boyiydi. Qadimiy va hamisha navqiron diyorning o‘tmishi va buguni haqida ma’lum bir bilimlarga ega bo‘ladi.
Yaxshisi uni qo‘lga olib bir bora o‘qing. Jurnal jamoasining maqsadi Samarqand tarixini keng yoritish, uni dunyoga tanitishdan iborat.