Samarqand davlat universitetiga Eronning Baghier Al-Olum universiteti professori Mohsen Alviri boshchiligidagi delagatsiya tashrif buyurdi. 

    Mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Akmal Axatov uchrashdi.   
      
    Muloqotda tomonlar o'rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.  Ijtimoiy gumanitar fanlar bo'yicha professor-o’qituvchi va talabalar almashinuviga kelishildi. Shuningdek, tarixchi olimlar bilan eski o’zbek yozuvlari ustida tadqiqot olib borish masalalari keng muhokama qilindi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.