Xitoyning Shinjon Tibbiyot universiteti rektori Haji Akber Aisaga Samarqand davlat universitetining Faxriy professori unvoni berildi…
Samarqand davlat universitetiga Shinjon Tibbiyot universiteti rektori, professor Haji Akber Aisa va Tibbiyot va sog'liqni saqlash bo'yicha Xitoy xalqaro almashinuv va targ'ibot assotsiatsiyasi prezidenti, akademik Xan Deminlar tashrif buyurdi.
Martabali mehmonlarni Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov kutib oldi.
Anjuman davomida Xitoy-O‘zbekiston oliy ta’lim muassalari o‘rtasidagi ilmiy, ma’rifiy, madaniy aloqalarning taraqqiyoti va mustahkamlanishiga katta hissa qo‘shganligi uchun Haji Akber Aisaga Samarqand davlat universitetining Faxriy professori unvoni berildi.
Tadbirdan so’ng xitoylik olimlar Biokimyo instituti kampusi, “Saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini yaratish” ilmiy laboratoriyasi bilan tanishdi. Mazkur laboratoriya faoliyati yanada yaxshilash uchun o’zining fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Shinjon Tibbiyot universiteti rektori, professor Haji Akber Aisa 2023-yildan boshlab Biokimyo instituti olimlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Joriy yilda Samarqand davlat universitetida o‘tkazilgan “Iste’mol qilinadigan dorivor o‘simliklar resurslari hamda biologik faol ingridiyentlar” mavzusida VIII Xalqaro simpozium tashkilotchisi hisoblanadi. SamDU professori Xurshid Bozorov rahbarligidagi “Saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini yaratish” nomli laboratoriyaning sakkiz nafar ilmiy xodimiga rahbarlik qilmoqda.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.