Samarqand davlat universitetiga Elsevier tashkilotining Markaziy Osiyo bo’yicha mas’ullari: bosh menenjer Ayhan Akanay Saracoglu, O’rta Osiyo, yaqin sharq, Afrika va Sharqiy Yevropa bo’yicha mintaqaviy direktori Samer Gamal va Informascope doirasida mas’ul menenjer Bakdaulet Yerxanovlar tashrif buyurdi. Ma’lumot uchun, Elsevier dunyodagi eng katta va nufuzli ilmiy kompaniya hisoblanadi.

    Tashrif davomida universitetning so’nggi 3 yillik ilmiy tadqiqot ishlari va ularning Elsevier platformasidagi monitoringi tahlil qilindi. Professor-o’qituvchilarning ilmiy ishlari va maqolalariga bo‘lgan xalqaro doiradagi talabga ijobiy baho berildi.

    Maqolalar sifati, yuklab olish, iqtiboslik darajasi va ularning sistemada ko’rsatib borilishi haqida ma’lumotlar berildi. Yutuq va kamchiliklar aytib o’tildi. Scopus bazasida monografgiyalar chop etilishi, Elsevier bazasidagi elektron kitoblardan foydalanish imkoniyatlari va ularni xarid qilish borasida muhokama olib borildi.

    Suhbat so‘ngida yosh tadqiqotchilar bilan Scopus bazasidan to’g’ri jurnal tanlash bo’yicha seminarlar tashkil etish kelishib olindi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.