Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali 2021-yilda  tashkil etilib 11  ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 703 nafar talaba qabul qilingan. Yangi o‘quv yilida 12  ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 481 nafar talaba o‘qishga kirdi.

    Bugun o‘quv yili boshlanishi oldidan filialning yangi binosi foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Gavhar Alimova, SamDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Hakim Xushvaqtov, filial direktori Sherzod O‘roqov hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

    1000 o‘rinli bino mukammal ta’mirlanib, 31 o‘quv xonasi, kutubxona, faollar hamda sport zali zamonaviy anjomlar bilan jihozlangan…

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati