Manbashunoslikdagi muhim tadqiqot: “Markaziy Osiyo sug‘diy yozma yodgorliklari katalogi”
Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti (MITSAI) hamkorligida, YUNESKOning “Jahon yozma yodgorliklari” dasturi doirasida “Markaziy Osiyo sug‘diy yozma yodgorliklari katalogi” (Каталог памятников согдийской письменности в Центральной Азии. Catalogue of Sogdian writings in Central Asia. – Самарканд: МИЦАИ, 2022. – 248 с.) yaratildi.
Tadqiqotda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekistondan topilgan 90 dan ortiq sug‘diy yozma yodgorliklar tavsifi keltirilgan. Katalogda har bir yodgorlikning quyidagi xususiyatlari aks ettirilgan:
- Sug‘diy yodgorlikning qay holatda va qaysi arxeologik obyektdan topilganligi;
- Yodgorlikning tuzulishi va bugungi kundagi holati;
- Qayerda saqlanishi;
- Sug‘diy yozma yodgorlikdagi yozuvning transliteratsiyasi;
- Transliteratsiyaning rus va ingliz tillariga tarjimasi;
- Rus va ingliz tillarida bitik haqida izoh;
- Bibliografiya;
- Illyustratsiya (yodgorlikning rasmi).
Sug‘diy yozma yodgorliklar katalogi Samarqand davlat universiteti (Bobir G‘oyibov), Sankt-Peterburgdagi Ermitaj davlat muzeyi (Pavel Lurye), Berlin-Brandeburg Fanlar akademiyasi (Alisher Begmatov), Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (Mirsodiq Isʼhoqov), Rossiya Fanlar akademiyasi Moddiy madaniyat istituti (Valentina Raspopova), O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxeologiya markazi (G‘aybulla Boboyorov) olimlari tomonidan hammualliflikda yaratilgan.
Katalog YUNESKOning “Jahon yozma yodgorliklari” loyihasi doirasida bajarilgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati