Samarqanddagi maktablar uchun Samarqand davlat universitetining “Kimyo” va “Biologiya” fan olimpiadasi o’tkazildi…
Tuman, shahar bosqichi bo’lib o’tgan ushbu fan olimpiadasi Samarqanddagi 1200 dan ziyod maktabdan kimyo fani bo’yicha 800, biologiyadan 1000 ga yaqin bitiruvchi sinf o’quvchilari ishtirok etdi.
Imtihon ikki bosqichda o’tkazilib, birinchi turda 5 topshiriqdan iborat yozma ish olindi. Ikkinchi bosqich amaliy tarzda bo’lib, o’quvchilar topshiriq bajardi.
Baholash mezoni har bir topshiriq uchun 50 balldan, jami 100 ball etib belgilandi. Imtihon videokuzatuv kameralari ostida adolatli va shaffof tarzda o’tkazildi.
Ushbu fan olimpiadasida 48 nafardan jami 96 o’quvchi viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.