Samarqand davlat universiteti talabasi Nafisa Rahmonova CubeSat nanosun’iy yo‘ldoshini uchirishda ishtirok etadi…
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/6432a553ad86f-6432a553ad872-6432a553ad873-6432a553ad874.jpg)
Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti talabasi Nafisa Rahmonova xalqaro “UniSat” dasturida ishtirok etmoqda. Mazkur loyiha Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNICEF jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi va Tech4impact NNT bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
“UniSat” fizika va astronomiyaga qiziquvchi, kuchli bilim va salohiyatga ega bo‘lgan qizlar uchun muhim loyiha hisoblanadi. Dastur ishtirokchilarga kosmik texnologiyalar, radioelektronika, dasturlash, fazodan olingan Yer tasvirlarini qabul qilish va ishlov berish hamda yo‘ldoshli meteorologiya texnologiyalari haqida ma’lumotlarni qayta ishlash, bevosita amaliyotda sinash imkoniyatini taqdim etadi.
Xalqaro loyiha ilm-fandagi qizlar uchun fizika, astronomiya, kosmik texnologiya va 3D modellashtirish sohalarida bilim va ko‘nikmalarni oshirishda juda katta imkoniyat yaratadi.
Tanlov tarzda o’tkazilgan ushbu loyihada 170 nafar qiz ishtirok etdi. 1-bosqichda ro’yxatga olingan qizlar 4 oylik seminar mashg’ulotlarini olib borib, kerakli topshiriqlarni bajardi.
2- bosqichda kurslardan muvaffaqiyatli o’tgan 30 nafar qiz saralab olindi. 3-bosqich suhbat bo’lib, ishtirokchilarning ilm-fan bo’yicha olib borayotgan tadqiqotlari sarhisob qilindi.
Umumiy natijalarga ko’ra eng yuqori natija qayd etgan Top-20 nafar qiz saralandi.
Dastur finalchilari Toshkentda o’tkaziladigan CubeSat nanosun’iy yo‘ldoshini yig‘ish bo‘yicha 5 kunlik butkempda qatnashadi hamda ushbu yo‘ldoshni uchirishadi.
Ma’lumot uchun, Butkemp may oyida o’tkazilishi rejalashtirilmoqda...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.