Samarqand davlat universiteti tadqiqotchilari uchun navbatdagi ilmiy seminar o’tkazildi…
Samarqand davlat universitetining 300 dan ortiq tadqiqotchilari uchun ilmiy seminar bo’lib o’tdi.
Bunda matematika fakulteti dekani, professor Muhiddin Mo’minov “Xalqaro ilmiy bazalardan tadqiqot mavzusiga doir ilmiy adabiyotlar izlash”, SamDU odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi mudiri, dotsent Mirzohid Qo’ziyev “Dissertatasiya va dissertatasiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalari” bo’yicha ma’ruza qildi.
Shuningdek, Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘limi boshligi Sunnatillo Rahmonov “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar” mavzusida taqdimot qildi.
Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Ixtiro va foydali modellar bo‘limi boshligi Ikrom Abduqodirov “Intellektual mulk obyektlari qanday faoliyat mahsuli ekanligi, huquqiy rejim a.sh.k. xususiyatlariga ko‘ra turlari” mavzusi bo’yicha batafsil tushuntirdi.
Seminar ishtirokchilari o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.