Samarqand davlat universiteti Shimoliy Kavkaz federal universiteti bilan hamkorlikda shu mavzuda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazmoqda…

    Xalqaro konferensiya gibrid shaklda o’tkazilib, o’zbek va rus tillarida olib borildi. Ushbu anjumanda SamDU ning geografiya va ekologiya fakulteti professor-o’qituvchilari, tadqiqotchi va talabalari ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Konferensiyaning yalpi majlisidada so’zga chiqqan SamDU geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi mudiri (PhD) Rasuljon Mamajanovning “Ijtimoiy-iqtisodiy shartlar shamol energiyasi potentsialini baholash elementi sifatida” hamda universitet professori Mohid Nazish Khanning “Buxoro viloyatida cho‘llanishni geofazoviy texnologiyalar yordamida xaritalash va baholash” mavzularidagi ma’ruzalari ishtirokchilarga katta qiziqish uyg’otdi.

    Konferensiyaning asosiy maqsadi universitetlar o’rtasida hamkorliklarni yanada mustahkamlash, yangi ilmiy g’oyalar bilan o’zaro almashinishga qaratilgan.

 

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati,

    Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.