Toshkent va Samarqand shaharlarida O‘zbekiston va Ispaniya rektorlari forumi doirasida uchrashuvlar o’tkazilmoqda.

         Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida o’tkazilgan forumda, O’zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo’yicha muzokaralar olib borildi.

         Nufuzli forumda Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori, professor Akmal Axatov ishtirok etib, Samarqand davlat universiteti va uning faoliyati haqida ma’ruza qildi.

         Muzokaralar davomida Ispaniyaning Madrid politexnika, Korunya, Granada, Valyadolid universitet rektorlari bilan bir qator innovatsion loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilar almashinuvini yo’lga qo’yish, universitetlar o‘rtasida xalqaro aloqalarni kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

     Samarqand davlat universiteti

         Axborot xizmati