Samarqand davlat universitetida Rossiyaning Ural federal okrugi o’qituvchilar uyi tomonidan “Fundamental fanlar bo'yicha XIX xalqaro olimpiada” o’tkazildi. Nufuzli olimpiadada Tojikistonning Olimpiya zaxiralari maktabi o’quvchilari hamda Samarqand shahridagi 35 va 45-umumiy o'rta ta'lim maktabining jami 60 nafar o’quvchilari ishtirok etdi.

    Anjumanni SamDU xalqaro hamkorlik prorektori, professor Akmal Axatov kirish so’zi bilan ochib, ishtirokchilarga omad tiladi.  

    Olimpiada hakami sifatida Rossiyaning Ural federal okrugi o’qituvchilar uyining mutaxassisi Yelena Nasibulina ishtirok etdi.

    Maktab o’quvchilariga jami 10 fan: tarix, ijtimoiy fanlar, milliy tillar (ingliz, nemis, rus, fransuz), adabiyot, matematika, fizika, informatika, geografiya, biologiya, kimyo fanlari bo’yicha test sinovlari o’tkazildi.

    

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.