“Ingliz tili ta’limida muammolar yechimi: nazariy va pedagogik istiqbollar” mavzusida konferensiya oʻtkazildi…
Samarqand davlat universitetida “Ingliz tili ta’limida muammolar yechimi: nazariy va pedagogik istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
Nufuzli xalqaro anjumanda Samarqand davlat universiteti professor-oʻqituvchilari hamda AQSH, Hindiston, Avstraliya, Koreya, Yaponiya, Rossiya, Indoneziya, Xitoy, Malayziya, Falastin, Eron kabi davlatlardan 50 ga yaqin olimlar ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning konferensiya ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigini xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Akmal Axatov oʻqib eshittirdi.
Anjuman davomida ingliz tilini oʻqitish sohasida jahon miqyosida koʻrib chiqilishi va hal qilinishi kerak boʻlgan muhim masalalar hamda bu borada xorijlik olimlarning tadqiqot va takliflari keng muhokama qilindi. Ingliz tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida kasbiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ingliz tili ta’limida yangi va zamonaviy metodlar ishlab chiqish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.