Samarqand davlat universitetiga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri keldi…
Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovni SamDU biokimyo instituti, yangidan bunyod etilgan maʼruzalar zali, molekulyar biotexnologiya va zamonaviy botanik tadqiqotlar laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.
Vazir ushbu laboratoriyalarda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar bilan muloqot qildi. Mazkur laboratoriyalarning ilm-fan rivojida muhim o‘rin tutishini alohida taʼkidladi. Ularni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash juda muhimligini ta'kidlab o‘tdi.
Shuningdek, vazir Muhandislik fizikasi instituti yadro fizikasi ilmiy laboratoriyasida ham bo‘ldi. Laboratoriya va unda yaratilgan shart-sharoitlarni eʼtirof etib, kelgusida qilinadigan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.