SamDU da “Intellektual avlod bilan yangi O‘zbekiston sari” shiori ostida o'tkazilayotgan mazkur konferensiyaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. 

    Anjumanni o'tkazishdan maqsad iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirish, zamonaviy texnika va texnologiya, axborot-kommunikatsion madaniyatini puxta o‘zlashtirgan yetuk yosh mutaxassislarni tarbiyalashga ko‘maklashishdir. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida o‘zaro ilmiy-ijodiy hamkorlik muhitini, do‘stlik aloqalarini rivojlantirish, o‘zaro fikr-mulohaza va tajriba almashishlari uchun sharoit yaratib berish, yoshlarni fan-texnika taraqqiyoti yo‘lida birlashtirishdir. 
Iqtidorli talabalar o'rtasida o'tkazilayotgan mazkur konferensiya 
ijtimoiy-gumanitar, tabiiy, aniq, texnika fanlari kabi yo'nalishlarga bo'lingan holda o’z ishini davom ettiradi.

    Anjumanda universitet magistrant hamda talabalaridan tashqari Toshkent o’zbek tili va adabiyoti universiteti, Buxoro davlat universiteti, Buxoro muhandislik texnologiya instituti, Jizzax politexnika instituti, AnDU, QarDU, FarDU, Farg’ona politexnika instituti, Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot universiteti, shuningdek, Samarqand viloyatida deyarli barcha oliy ta’lim muassasasi talabalari va magistrantlari ishtirok etishmoqda.