Xalqaro seminar: "Mo'g'ul va Теmuriуlаr imperiyasidagi O'rta Osiyo qo'lyozmalari (ХIII-ХV аsrlаr)"
Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida Avstriya Fanlar akademiyasi Eronshunoslik va Markaziy Osiyo ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda "Mo'g'ul va Теmuriуlаr imperiyasidagi O'rta Osiyo qo'lyozmalari (ХIII-ХV аsrlаr)" mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.
Anjumanda AQSHning Indiana universiteti professori, taniqli tasavvufshunos olim Devin DeVeese “Mo‘g‘ullar istilosi va O‘rta Osiyoda bilimlarning uzatilishi (yoki o‘tkazilishi): qo‘lyozma kitob madaniyati, og‘zaki va yozma maʼlumotlarning kesishuvi, XIII-XV asrlar” mavzusida chiqish qildi. Maʼruzada mo‘g‘ullar davrida davrda faoliyat ko‘rsatgan olimlar faoliyati va ilmiy merosiga oid yangi maʼlumotlar noyob qo‘lyozma manbalar asosida taqdim qilindi.
Shuningdek, seminarda Avstriya fanlar akademiyasi, Germaniyaning Sakson fanlar akademiyasi, Angliyaning Kembrij, Oksford, Gollandiyaning Leyden universiteti, Germaniyaning Myunxen, Shotlandiyaning Sent-Endryuss universiteti, O‘zbekiston hamda Tojikiston fanlar akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining taniqli olimlari ma’ruza qildi.
Ma’lumot uchun, mazkur anjuman 27-may kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida boshlangan. Tadbirda “Qo‘lyozmalar va xalqaro hamkorlik” mavzusidagi mahalliy va xorijiy olimlarning davra suhbati va
“Qo’lyozmalar ko‘rsatadi va aytadi” shiori ostida ayrim qo‘lyozmalar namoyish etildi.
Anjuman, 29-30 may kunlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 8 sho’baga bo‘lingan holda davom etadi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.