Kofirqal’ada “Samarqand arxeologiya maktabi” o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida tashkil etilgan “Samarqand arxeologiya maktabi” xalqaro yozgi maktabi dasturiga muvofiq Italiyaning Bolonya universiteti professor o‘qituvchilari, doktorant, magistrant va talabalari ishtirokida Samarqand viloyatidagi Kofirqal’a yodgorligida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot avvalida “Samarqand arxeologiya maktabi” xalqaro yozgi maktabi faoliyatining maqsadi, kelajak istiqboli yuzasidan Bolonya universiteti professori S.Mantelini, tarix fakulteti ilmiy va xalqaro ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari T.Maxmudov, arxeologiya kafedrasi o‘qituvchisi M.Berdiqulovlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Shundan so‘ng Bolonya universiteti professori F.Agnese xalqaro yozgi maktabning 40 dan ziyod yosh tadqiqotchilarga “Zarafshon vohasi hududining o‘rta asrlar davri yodgorliklarini o‘rganish” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Ma’ruza qizg‘in savollar, munozaralar bilan tinglovchilarda katta ta’surot uyg‘otdi.
Ma’lumot uchun “Samarqand arxeologiya maktabi” mashg‘ulotlari joriy yilning 8-iyun kunigacha davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlarini Samarqand davlat universiteti hamda Bolonya universitetining yetakchi olimlari hamda yosh tadqiqotchilar olib borishadi.
Samarqanda davlat universiteti
Axborot xizmat