5-iyun-“Butunjahon atrof-muhit kuni”
Samarqand davlat universitetida “Atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Anjumanda, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i T. Xashimov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat partiya tashkiloti raisi B. Abdullayev hamda SamDU geografiya va ekologiya fakulteti dekani Subxon Abbosovlar so‘zga chiqdi.
Ma’ruzachilar, tadbirni tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad, atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb vazifalari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, ekologik madaniyatni shakllantirish tizimlari xususida gapirdi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.