Samarqand davlat universitetiga Ozarbayjonning Xazar universiteti asoschisi, professor Hamlet Isaxanli va Nano bioanalitik kimyo markazi direktori Mustafo Soylak tashrif buyurdi.

    Ozarbayjonlik olimlar bilan Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov uchrashdi.

    Muloqotda talabalar almashinuvi, yozgi maktab dasturlari ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

    Uchrashuv so’ngida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.