Samarqand viloyati hokimi,

Oliy Majlis Senati aʼzosi

E.O. Turdimovga!

    Hurmatli Erkinjon Oqbo‘tayevich!

    Tug‘ilgan kuningiz bilan samimiy tabriklayman. Uzoq umr, sihat salomatlik, baxt va omad tilayman.

    Sizning rahbarligingizda Samarqand viloyati mamlakatimizning eng go‘zal, fayzli, obod manziliga aylanganligini alohida taʼkidlashni istayman.

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi va Sizning sayi-harakatlaringiz bilan Samarqand shahri O‘zbekistonning madaniy, maʼrifiy, maʼnaviy poytaxtiga aylanganligi har birimizga faxr-iftixor bag‘ishlaydi.

    Inson o‘z umri va mehnat faoliyati davomida, ortidan yaxshiliklar qoldirishi  ulkan baxt va saodatdir.

    Siz mamlakatimizning uch viloyati: Navoiy, Surxondaryo, Samarqandda tarixiy ishlarni amalga oshirayotganligingiz, odamlar qalbiga yo‘l topayotganligingiz, barqarorlik, tinchlik, xotirjamlik, ahillik tamoyillariga amal qilayotganligingiz ko‘pchiligimizga o‘rnakdir.

    Qadrli Erkinjon Oqbo‘tayevich!

    Samarqand buyuk yo‘lboshchilarni dunyoga keltiruvchi, ulug‘lovchi, muqaddas shahar. Bu yurtda Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Bahodir Yalangto‘shxon... kabi ulug‘ ajdodlarimizning ruhi kezib yuribdi.

    Ularga munosib bo‘lish, ular boshlagan ishlarni davom ettirishda Sizga yelkadoshmiz.

    Samarqand ahli Siz boshchiligingizda ulug‘vor maqsadlar sari intilmoqda.

    Siz bilan hamkor, hamfikr bo‘lish bizga mamnuniyat bag‘ishlaydi.

    Xalqimiz va Prezidentimiz ishonchi abadiy bo‘lsin.

    Alloh umringizga, rizqingizga, kasbingizga baraka bersin.

    Hamisha Allohning panohida bo‘ling.

 

Rustam Xolmurodov,

Samarqand davlat universiteti rektori.