"O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun demografik ma'lumotlardan foydalanish"...
Samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi professori Lutfulo Ibragimov shu nomli yozgi maktabda ishtirok etdi.
Mazkur sayyor yozgi maktab Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot institutining tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.
Yozgi maktabda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 18 nafar tinglovchi ishtirok etdi.
Yozgi maktabda BMT Aholishunoslik jamg‘armasining xalqaro ekspertlari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Davlat statistika agentligi, Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti, Iqtisodiyot va moliya, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari tomonidan demografiya va gender masalalari bo‘yicha ilmiy maʼruzalar va mahorat darslari o‘tkazildi.
Yozgi maktab yosh olimlar o‘rtasida bilim va tajriba almashish, “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining ekspert va yosh olimlari bazasini yanada kengaytirish, respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida demografiya sohasida faoliyat olib boradigan tadqiqotchilar bilan doimiy hamkorlik qilish imkonini beradi.