“Yevrosiyo makonidagi tarixiy jarayonlar: metodologiya va o‘rganishga yangicha yondashuvlar”....
Samarqand davlat universiteti xalqaro ta'lim dasturlari markazi direktori Sardor Umarov Rossiya davlat gumanitar universitetida tashkil etilgan shu nomli yozgi institutida ishtirok etdi.
Armaniston, Abxaziya, Belorus, Vetnam, Eron, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistondan 25 kishi ishtirok etdi.
“Yozgi institut-2024” xalqaro loyihasi malaka oshirish dasturi (48 akademik soat) asosida amalga oshirildi. Uslubiy, madaniy va hordiq chiqarish, tashkiliy va axborot bloklarini o‘z ichiga oldi.
Yozgi institut doirasida quyidagi ta'lim sohalariga e’tibor berilgan holda malaka oshirish kurslari tashkil qilindi:
● Raqamli gumanitar fanlar. Zamonaviy axborot muhitida tarixchi;
● Rossiya gumanitar fanlarining ilmiy-pedagogik maktablari;
● Fan va texnologiya tarixi Yevroosiyo kelajagi uchun umumiy merosdir;
● Yevroosiyo integratsiyasi tarixi va zamonaviy jarayonlari;
● Katta Yevroosiyoning keng qamrovli tarixiy geografiyasi va mintaqaviy tadqiqotlari;
● Xalqaro munosabatlar tarixini o'rganish metodologiyasi - zamonaviy yondashuvlar.
Asosiy malaka oshirish ma’ruzalari Rossiya davlat gumanitar universitetida tashkil etilishi bilan birga Moskva davlat universiteti, Tver davlat universiteti va Tula davlat pedagogika universitetlarida ham malaka oshirish ma’ruzalari tashkil qilindi. Dastur yakunida ishtirokchilarga malaka oshirganlik to’g’risida guvohnoma berildi.