Samarqand davlat universitetida quyosh chaqnashlarini qayd qiluvchi radiospektrometr qurilmasi o’rnatildi…
Mazkur qurilma YUNESKO ning Koinot tadqiqotlari qo’mitasi va BMTning Koinot masalalari bo'yicha boshqarmasi (UNOOSA) qoshidagi ISWI (Kosmik ob-havo xalqaro tashkiloti) bilan hamkorlikda o’rnatilib, xalqaro radiospektrometrlar tarmog‘iga ulandi.
SamDU Yadro fizikasi va astronomiya o’quv-ilmiy markazida o’rnatilgan ushbu qurilma muhandis olimlar C.Monstein (Shveysariya), C.Kathiravan (Hindiston) va B.Javier (Ispaniya)lar tomonidan amalga oshirildi.
Bu juda muhim qurilma bo’lib, uning yordamida quyoshdagi faol hodisalar tufayli Yerda kuzatiladigan radio chaqnashlarni va magnit bo’ronlarining mustaqil prognozini amalga oshirish imkonini beradi.
Ayni vaqtda magnit bo’ronlarining chastotasi quyosh faolligining ko’tarilish bosqichi tufayli sezilarli darajada ortganligi bu qurilmaning ahamiyatini yanada oshiradi.
Xalqaro seminar ishtirokchilari uchun amaliy mashg'ulotlar o'tkazish va birinchi natijalar qayd qilish rejalashtirilgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.