Samarqand davlat universitetining MAGATE tashkiloti bilan hamkorligi davom etmoqda…
Samarqand davlat universitetiga MAGATE texnik hamkorlik fondining Yevropa mintaqasi bo‘limi direktori Ye.Kuli-Kala boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Martabali mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov uchrashdi. Muloqotda tomonlar o‘rtasida yadro fizikasi va yadro texnologiyalari sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Yadro tibbiyoti, xususan, tezlatgichlar, dozimetriya, terapiya va tibbiy diagnostika kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvdan so’ng mehmonlar SamDU yadro fizikasi laboratoriyasida bo’lib, MAGATE ko‘magida universitet talabalari, magistrantlari va doktorantlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
SamDU Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.