Samarqand davlat universitetining Yeungnam universiteti bilan hamkorligi davom etmoqda…
Samarqand davlat universitetiga Yeungnam universitetining (Janubiy Koreya) xalqaro ta'lim bo'yicha ijrochi vitse-prezidenti GIM Chae-Chun boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov uchrashdi. Muloqotda qo’shma ta’lim dasturini yanada rivojlantirish, professor-o’qituvchilar almashinuvi muhokama qilindi.
Hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, darslik, o’quv qo’llanmalar hamda maqolar chop etish masalalari kelishildi. Bu borada Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish insituti va intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti bilan qilinadigan ishlar rejalashtirildi.
Tashrif davomida mehmonlar xalqaro ta’lim dasturlari markazida bo’lib, talabalar bilan uchrashdi.
Ma’lumot uchun, SamDU Janubiy Koreyaning Yeungnam universiteti bilan 2023-yilda hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Bugungi kunda iqtisodiyot bakalavriat yo’nalishida qo’shma ta’lim dasturi mavjud. Shu bilan birga Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish insitutining 4 nafar magistranti ham mazkur universitetda ta’lim olmoqda.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati