Xalqaro hamkorlik
Samarqand davlat universitetiga Lublin (Polsha) viloyati hokimligining mintaqaviy rivojlanish va tashqi hamkorlik qo'mitasi raisi Zbignew Wojciechowski boshchiligidagi delagatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Akmal Axatov uchrashdi.
Muloqotda tomonlar o'rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Lublin shahridagi oliy ta'lim muassasalari va SamDU o'rtasida doimiy aloqalar o'rnatilishi rejalashtirildi. Ayniqsa, agrobiotexnologiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi, ijtimoiy gumanitar fanlar bo'yicha professor-o'qituvchi va kadrlar almashinuvini yo'lga qo'yishga kelishildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.