“Intensiv qishloq xo‘jaligida agrobiotexnologik muammolar va ularning innovatsion yechimlari” mavzusida konferensiya o’tkazildi…
Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida shu mavzusida konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada intensiv qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan agrobiotexnologik muammolar va ularni innovatsion usullar yordamida hal etish yo‘llari muhokama qilindi va ular bo‘yicha xulosalar hamda tavsiyalar berildi.
Bunda tuproq unumdorligini oshirish, degradatsiyasini oldini olish, mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish, zararkunanda va kasalliklarga uyg‘unlashgan kurash usullarini ishlab chiqish, dala ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish, sabzavotchilik hamda intensiv bog‘ va tokzorlarda tomchilatib sug‘orish va o‘g‘itlarni fertigatsiya usulida qo‘llash texnologiyalari qizg‘in muhokama qilindi. Bunda chet eldan nufuzli universitetlardan yirik olimlar ma’ruza bilan qatnashdi. Jumladan, Yopiq sikl iqtisodiyoti va ekologiyani rivojlantirish bo‘yicha Rossiya Savdo-sanoat palatasining organik o‘g‘itlar bo‘yicha ishchi guruhi rahbari, “AIK” MCHJ bosh direktori Mixail Melamed, Moskva davlat universiteti professori Tatyana Gracheva, Stavropol davlat agrar universiteti dotsenti Irina Pavlenko, Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti professori Y. Saimnazarov, Toshkent agrar universiteti professori S. Abduramanova, akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, katta ilmiy xodim O‘.Mirzohidov, Berlin Gumboldt universiteti doktoranti Sh.Hazratqulov ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Konferensiya muhokamalari va materiallari O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi fani va ishlab chiqarishini rivojlanishiga va yuqori pag‘onaga chiqishiga xizmat qiladi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.